Bugun 27 dekabr, 2024 yil, juma

КИР

Ukraina droni Buxoro-Moskva reysiga urilib ketishi oz qolgani haqidagi xabar rad qilindi

Ukraina droni Buxoro-Moskva reysiga urilib ketishi oz qolgani haqidagi xabar rad qilindi

10 noyabr kuni Mash telegram kanali Ukraina uchuvchisiz uchoqlari Moskva osmonida O‘zbekistondan Sheremetevoga uchayotgan «Aeroflot» aviakompaniyasiga tegishli Airbus A320 samolyotini urib tushirishga sal qolgani haqidagi xabarni tarqatdi.

«Samolyot mahalliy vaqt bilan 9:37 da qo‘nishni amalga oshirishi kerak edi. Uchuvchi so‘nggi lahzada radarlarda dronni payqab qolgan va uchuvchisiz uchoq bilan to‘qnashib ketishiga oz qolgan. Samolyot Sheremetevoga qo‘ndi, shundan so‘ng qolgan 8 ta samolyot muqobil aerodromlarga yo‘naltirildi», – deb yozgandi Mash telegram kanali.

Bir muddat o‘tib, «Aeroflot» aviakompaniyasi yuqoridagi xabarni rad etib, aviakompaniyaning SU1877 Buxoro - Moskva reysi 10 noyabr kuni rejali qo‘nishni yakunlaganini ma’lum qildi.

«Samolyot qo‘mondoni noma’lum uchoqlar aniqlangani haqida xabar bermadi va ular radarlarda ham ko‘rinmadi», – deya qo‘shimcha qiladi aviakompaniya o‘z munosabatida.

Kiritildi: 02:32 11.11.2024. O'qildi: 1616 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!