Ukraina Qurolli kuchlarining bildirishicha, bir oy davomida ukrainalik harbiylar janubiy frontda 169 kvadrat kilometr va Baxmut hududida 24 kvadrat kilometr maydonni qaytarib olishga muvaffaq bo‘lgan.
Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, Ukraina Qurolli Kuchlarining oldinga siljishi Rossiya tomonining qarshi hujumga puxta tayyorlanishi tufayli sekinroq kechmoqda.