Ukraina Mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasi (GUR) 31 mayga o‘tar kechasi Zaporojye viloyatining Rossiya nazorati ostidagi Melitopol tumani Yaqumovka posyolkasi yaqinida yuk poyezdi portlatilganini ma’lum qildi.
"Poyezd harbiylarga tegishli bo‘lgan va Rossiya tomonidan anneksiya qilingan Qrim tomonga harakatlanayotgan edi. Temir yo‘l yo‘lagida yuz bergan portlash natijasida yonilg‘i sisternalari va yuk vagonlari bo‘lgan poyezd izdan chiqdi", deyiladi GRU bayonotida.
Ukraina razvedkasiga ko‘ra, portlash oqibatida Zaporojye viloyati va Qrimdagi hududlarda Rossiya harbiylarining “asosiy logistika yo‘li” falaj bo‘lgan.
Bunga qadar Rossiya rasmiylari Bryansk viloyatida temir yo‘l ko‘prigi portlatilgani, shuningdek, Kursk viloyatida yuk poyezdi ostida ko‘prik qulab tushgani haqida xabar bergan edi.
Rossiya tomoni hozircha Zaporojye viloyatidagi poyezd portlashi haqidagi xabarlarga izoh bergani yo‘q.