Bugun 23 oktyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Ukraina bosh prokurori Andrey Kostin iste’foga chiqdi

Ukraina bosh prokurori Andrey Kostin iste’foga chiqdi

"Ukraina prezidenti bugun Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashining hukumat amaldorlarining soxta nogironligi bilan bog‘liq noqonuniy vaziyatga bag‘ishlangan yig‘ilishini o‘tkazdi. Ukraina prokuraturasi tizimida bu bo‘yicha ko‘plab sharmandali suiiste’mol faktlari aniqlandi", — deyiladi Kostinning bayonotida.

Kostin, shuningdek, prokurorlar tomonidan nogironlik holatlari bo‘yicha ichki tergovning dastlabki natijalari haqida ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Xmelniskiy viloyatida 61 nafar prokuror nogironlik haqidagi hujjatga ega.

"Ukraina prezidenti va Oliy Radaga ishonch bildirgani uchun minnatdorman. Ammo bunday vaziyatda bosh prokuror lavozimini tark etishi to‘g‘ri qaror deb hisoblayman", — deya qo‘shimcha qildi Kostin.

Kiritildi: 21:45 22.10.2024. O'qildi: 445 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!