Bugun 3 aprel, 2026 yil, juma

КИР

Ukraina AQShning THAAD majmualarini olmoqchi

Ukraina AQShning THAAD majmualarini olmoqchi

Ukraina AQShning THAAD majmualarini va Yaqin Sharq mamlakatlaridagi boshqa havo hujumidan mudofaa tizimlarini olmoqchi, dedi Vladimir Zelenskiy.

"Biz ushbu mamlakatlarda bor bo‘lgan, ammo bizda yo‘q antiballistik tizimlarga umid qilyapmiz. Gap THAAD va boshqalar haqida ketyapti. Bunday tizimlar Yevropada ham yo‘q. Ular Ukrainada bo‘lishi juda zarur. Masalan, Rossiya aviabombalari xavfi qolmasdi. Kamida 200 kilometr masofada bu xavfni batamom bartaraf etgan bo‘lardik", — dedi Ukraina prezidenti.

Ma’lumot uchun, THAAD — Qo‘shma Shtatlarning eng ilg‘or havo hujumidagi mudofaa tizimlaridan biri bo‘lib, u juda noyob va qimmat majmua hisoblanadi. Bitta batareya narxi taxminan 1–2,7 milliard dollar, bitta raketasi esa 12–15 million dollarni tashkil qiladi.
Shu sababli, ushbu tizimning Ukrainaga berilish imkoniyati past baholanmoqda. Ayniqsa, Yaqin Sharq davlatlarining o‘ziga Eron tomonidan zarba berilish xavfi mavjud bo‘lgan bir paytda bu juda muhim.

Kiritildi: Bugun 18:42. O'qildi: 334 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!