Ukraina Mudofaa vazirligi vakillari AQShdan Kiyevga F-18 qiruvchi samolyotlari, Apache va Blackhawk vertolyotlari, havo hujumidan mudofaa tizimlari va dronlarni yetkazib berishni so‘radi, deb xabar bermoqda Reuters agentligi hujjatlarga tayanib.
Ro‘yxatda Ukrainada mavjud bo‘lgan qurollar, jumladan Abrams tanklari, 155 mm o‘lchamli artilleriya snaryadlari, F-16 qiruvchi samolyotlari, shuningdek, ilgari so‘ralgan uzoq masofali ATACMS raketalari ham bor.
Bundan tashqari, Ukraina so‘roviga General Atomics kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan uchuvchisiz samolyotlar, jumladan MQ-9B Sky Guardian dronlari, shuningdek, Locheed kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan Terminal High Altitude Area Defense (THAAD) havo mudofaa tizimlari kiritilgan.