Bugun 13 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

UFC. Ramazon Temirov debyut jangida birinchi raunddayoq raqibini nokautga uchratdi (video)

UFC. Ramazon Temirov debyut jangida birinchi raunddayoq raqibini nokautga uchratdi (video)

UFC bo‘yicha Las-Vegasda (AQSh) Vegas 98 turniri o‘tkazildi.

Musobaqaning prelim kardi so‘nggi jangida o‘zbekistonlik aralash yakka kurash ustasi Ramazon Temirov oktagonga ko‘tarildi. UFC‘dagi debyut jangida unga amerikalik Si Jey Vergara raqiblik qildi.

O‘zbekistonlik sportchi jang boshidan aylanma oyoq zarbalarini berishga harakat qildi. Oyoq bilan hujumlar foyda bermagach, Ramazon qo‘l bilan hujumga o‘tdi. Chap qo‘l bilan berilgan zarbalardan biri raqibni muvozanatdan chiqarib yubordi. Vergara o‘ziga kelishga harakat qildi, ammo Temirov boshlagan “ishini” oxirigacha yetkazib qo‘yishni xohladi va hakamni birinchi raunddayoq jangni to‘xtatishga majbur qildi.

Shu tariqa Ramazon o‘zining UFC’dagi birinchi jangida raqibini nokaut orqali mag‘lubiyatga uchratdi.

UFC. Ramazon Temirov debyut jangida birinchi raunddayoq raqibini nokautga uchratdi (video)

Kiritildi: Bugun 10:17. O'qildi: 826 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!