Bugun 24 avgust, 2025 yil, yakshanba

КИР

O‘FA va MOQ rahbariyati Manchesterda «Siti» bilan hamkorlik masalasini muhokama qildi

O‘FA va MOQ rahbariyati Manchesterda «Siti» bilan hamkorlik masalasini muhokama qildi

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston futbol assosiasiyasi rahbariyati Angliyaning Manchester shahrida xizmat safarida bo‘ldi. Tashrif doirasida “City Football Group” xolding kompaniyasi va "Manchester Siti" klubi bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Safar davomida o‘zbekistonlik rasmiylar xolding Bosh operasion direktori Rul de Fris, Boshqaruv direktori Denni Uilson, futbol biznesi bo‘yicha bosh direktori Klayv Rivz va boshqa ko‘plab yo‘nalishlar bo‘yicha boshqaruvchilar bilan istiqbolli loyihalarni ko‘rib chiqishdi. Asosiy e’tibor o‘zbek futbolini yangi bosqichga olib chiqishga qaratildi. Xususan, tizimda innovasion yondashuvlar, zamonaviy akademiya tashkil etish, klub infratuzilmasini yaxshilash va xalqaro tajribani joriy etish kabi muhim yo‘nalishlar muhokama qilindi.

O‘z navbatida kompaniya vakillari O‘zbekiston milliy terma jamoasining jahon chempionatiga yo‘l olgani mamlakatimizda futbol rivoji yuqori darajaga chiqayotganidan dalolat berishini, O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanovning transferidan keyin o‘zbek futboliga qiziqish ortganini ta’kidlashdi.

Shuningdek, o‘zbek klublaridan birini “City Football Group” tizimiga integrasiya qilish muzokaralarning asosiy mavzularidan bo‘ldi. Tashrif davomida rasmiylar «Manchester siti« klubining akademiyasi va jamoa tizimi bilan yaqindan tanishishi ko‘zda tutilgan.

O‘FA va MOQ rahbariyati Manchesterda «Siti» bilan hamkorlik masalasini muhokama qildi

Kiritildi: 14:55 23.08.2025. O'qildi: 286 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!