Uelsda yengil samolyot halokati oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi.
Halokat Guinetda sodir bo‘lgan.
"Shimoliy Uels polisiyasi Angliyadagi aerodromdan uchib ketgan yengil samolyot belgilangan vaqtda Karnarvon aeroportiga yetib kelmagani haqida xabar oldi", deyiladi bayonotda.
Aerodromdan taxminan 60 km uzoqlikda joylashgan chekka hududda boshlangan qidiruv-qutqaruv operasiyasi natijasida samolyot qoldiqlari va bortdagi ikki kishining jasadlari topildi.
Samolyot modeli va qurbonlarning shaxsi haqida qo‘shimcha ma’lumotlar hali e’lon qilinmadi.