Evropa futbol assosiasiyalari ittifoqi (UYEFA) Turkiyaning “Beshiktosh” klubini jamoa xarajatlari bilan bog‘liq moliyaviy qoidalarni buzgani uchun 900 ming yevro jarimaga tortdi.
Türkiye gazetasiga xabar berishicha, klub ushbu qaror yuzasidan sud jarayoni davom etayotganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, “Beshiktosh” futbol klubining Jamoatchilikni Axborot Platformasiga (KAP) bergan bayonotida UYEFA klublarni lisenziyalash va moliyaviy barqarorlik reglamenti doirasida o‘tkazilgan audit natijasida 2023/2024 yilgi mavsumda jamoa tarkibining narxi belgilangan limitdan oshib ketgani aniqlangani ta’kidlangan.