Bugun 26 avgust, 2025 yil, seshanba

КИР

UYEFA «Barselona»ga Chempionlar ligasining birinchi o‘yinini safarda o‘tkazishga ruxsat berdi

UYEFA «Barselona»ga Chempionlar ligasining birinchi o‘yinini safarda o‘tkazishga ruxsat berdi

Evropa futbol assosiasiyalari ittifoqi (UYEFA) «Barselona» klubiga joriy mavsum Chempionlar Ligasidagi birinchi uchrashuvini safarda o‘tkazishga rozilik berdi. Bu orqali kataloniyaliklar o‘z uy stadionini o‘yinlarga tayyorlab olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu haqda Catalunya Radio xabar berdi.

Manbaning ma’lumoticha, «Barselona» o‘z uy uchrashuvlarini hozircha aniq qaysi stadionda — «Kamp Nou»dami yoki «Olimpik Lyuis Kompanis»dami — o‘tkazishi ma’lum emas.

Eslatib o‘tamiz, 2025/2026 yilgi mavsum Chempionlar Ligasining umumiy bosqich qur’asi 28 avgust kuni o‘tkaziladi. O‘tgan mavsumda «Barselona» yarim finalgacha yetib borgan va ikki uchrashuv natijalari bo‘yicha «Inter»ga 6:7 hisobida mag‘lubiyatga uchragan edi.

Kiritildi: 09:51 22.08.2025. O'qildi: 554 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!