UYEFA Ijroqo‘mi Saloniki shahrida yig‘ilish o‘tkazib, 2027/28 va 2028/29 yilgi mavsumlarda Chempionlar ligasi finallariga mezbonlik qiladigan stadionlarni belgiladi.
Ma’lum qilinishicha, 2028 yilgi Chempionlar ligasi finali Myunxenning "Bavariya" klubi uy stadioni — "Alyans Arena"da o‘tkaziladi.
Oradan bir yil o‘tib, 2029 yilgi hal qiluvchi bahs "Barselona"ning yangilangan "Kamp Nou" stadionida tashkil etiladi.
Shu tariqa, Ispaniya yaqin yillarda Chempionlar ligasi finaliga ikki marta mezbonlik qiladi. Joriy mavsumda ham musobaqa g‘olibi Madridda aniqlanadi.
Ayni paytda Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi "Pari Sen-Jermen" hisoblanadi. Fransiya klubi musobaqaning so‘nggi ikki mavsumida chempionlikni qo‘lga kiritgan.