Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchqo‘rg‘on tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro M.I. 2 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, “Navbahor” MFY hududidagi “issiqxona” qurish uchun ajratilgan 30 sotix yer maydonining 7 sotixini fuqaro N.P.ga va 4 sotixini fuqaro M.H.ga sotishini aytib, 9 000 AQSh dollari va 55 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.