Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Uchquduqda bir ixtiro sabab 30 kishining bandligi ta’minlandi

Uchquduqda bir ixtiro sabab 30 kishining bandligi ta’minlandi

Konchilik ishlari uyum-uyum tuproq va kon chiqindilari hosil qilishi tabiiy hol.

Uchquduq tomonlarga borgan kishi shahar ostonasidayoq bunga amin bo‘ladi. Mazkur sanoat chiqindilar hududdagi konchilik ishlarining uzoq yillik asorati bo‘lib, yaqin-yaqinlargacha e’tibordan chetda qolib kelardi.

Mazkur sanoat chiqindilarini qayta ishlab, tayyor mahsulot olish maqsadida olib borilgan izlanishlar nihoyat o‘z samarasini berdi.

2014 yil Navoiy kon-metallurgiya kombinati bosh direktori Q. Sanaqulov boshchiligidagi bir guruh innovatorlarning “Radioaktiv kon ag‘darmalarni rekultivasiya qilish usullari” ixtirochilik ishi tan olinib, unga patent berildi. Natijada hududdagi Shimoliy kon boshqarmasiga qarashli Geotexnologik konda tarkibida uran mavjud chiqindilarni rekultivasiya qilish uchastkasi tashkil etilib, yaqinda ishlab chiqarishga tatbiq etildi.

“Har kuni 600-800 tonna ag‘darmani qayta ishlash quvvatiga ega bu uchastkada 30 ta yangi ish o‘rnini yaratildi. Hozirda uran ishlab chiqarish rejamizning 3-5 foizi mazkur yangi uchastkaga to‘g‘ri kelmoqda”, - deydi Geotexnologik kon boshlig‘i Fazliddin Mamajonov.

Ta’kidlash joizki, atrof-muhit, tabiiy landshaftni buzib turgan mazkur chiqindilardan mahsulot olish bilan birga ular endi rekultivasiya qilinib,foydalanish uchun maqbulligi ta’minlanmoqda.

Manba: azon.uz

Kiritildi: 20:39 06.12.2018. O'qildi: 1463 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!