Bugun 18 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Uchayotgan samolyotda yong‘in kelib chiqdi

A A A
Uchayotgan samolyotda yong‘in kelib chiqdi

Yaponiyaning “Japan Airlines” aviakompaniyasiga tegishli “Boeing 767” yo‘lovchi samolyotida havoga ko‘tarilish paytida yong‘in sodir bo‘ldi, deya xabar beradi TASS.

Mazkur voqea Tokioning Narita xalqaro aeroportida ro‘y berdi. Layner Gonkongga reysni amalga oshirayotgan edi. Xabarga ko‘ra, samolyot saloni qisqa vaqt ichida tutunga to‘la boshlagan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, havo transporti vositasi dum qismidagi yordamchi blok yonishi tufayli shunday holat yuzaga kelgan.

137 nafar yo‘lovchi tezkorlik bilan xavfsiz joyga olib o‘tilgan. Ekipaj a’zolari soni haqida xabar berilmayapti.

Baxtsiz hodisa oqibatida bir kishi zaharlangan. Unga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Kiritildi: 03:07 21.05.2018. O'qildi: 1372 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik