Bugun 7 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

U20 Osiyo kubogi. Avstraliya ilk marta Osiyo chempioniga aylandi

U20 Osiyo kubogi. Avstraliya ilk marta Osiyo chempioniga aylandi

Xitoyda o‘tkazilgan 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionati yakuniga yetdi. Finalda Avstraliya va Saudiya Arabistoni U20 terma jamoalari o‘zaro to‘qnash kelishdi.

Bahsning 24-daqiqasida Luis Agosti 16 metrlardan zarba berib, darvozani ishg‘ol qildi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda esa saudiyaliklar hisobni tenglashtirishdi. Gol muallifi — Talal Haji.

Ikkinchi bo‘limda hisob o‘zgarmagach, o‘yinga qo‘shimcha bo‘limlar belgilandi. Unda ham darvozalarga to‘p kiritilmadi.

Shu bois, navbat penaltilar seriyasiga berildi. Dastlabki 9 nafar futbolchi o‘z imkoniyatini golga aylantirdi. Saudiya Arabistoni terma jamoasining so‘nggi a’zosi zarbasini avstraliyalik posbon bartaraf etdi.

Shu tariqa, Avstraliya U20 terma jamoasi o‘z tarixida ilk marta Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi.

U20 Osiyo kubogi.
Avstraliya - Saudiya Arabistoni - 1:1.
Qo‘shimcha bo‘limlar — 0:0. Penaltilar seriyasi — 5:4
Gollar: Luis Agosti (24) — Talal Haji (45+3)

Kiritildi: 23:25 01.03.2025. O'qildi: 875 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!