Bugun 23 yanvar, 2026 yil, juma

КИР

U “dadajon” emas, u ahmoq - grenlandiyaliklar

U “dadajon” emas, u ahmoq - grenlandiyaliklar

Grenlandiya aholisi Donald Trampning Davosdagi nutqiga keskin munosabat bildirgan.

Ko‘pchilik uning Grenlandiyani sotib olish haqidagi gaplariga ishonmasligini va AQSh tarkibiga kirishni istamasligini aytigan. Ba’zilar Trampni ochiqchasiga masxara va tanqid qilgan.

- “Men Trampning biror so‘ziga ham ishonmayman. Uning Grenlandiyaga bo‘lgan ochko‘zligi mutlaqo o‘zgarmagan. Biz AQShning bir qismi bo‘lishni istamaymiz, ammo Tramp buni hech qachon qabul qilmaydi”, degan 40 yoshli Killannguak.

- “U “dadajon” emas, u ahmoq. Bu nima degan bema’nilik, hech kim uni bunday atamaydi! Yaxshisi, Tramp Amerikaga o‘zi bilan bitta aysbergni olib ketsin”, degan 59 yoshli bank maslahatchisi Syoren.

- “Tramp, ana u tentak, 4 marta orollarimizni adashtirdi. Eng muhimi, endi adashib biznikini olib ketmasin”, degan taksichi Asgeyr.

Kiritildi: Bugun 14:45. O'qildi: 693 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!