Tolibon harakatining asosiy arboblaridan biri Anas Haqqoniy Mark Sukerbergning yangi yaratilgan Threads ijtimoiy tarmog‘i bilan qarama-qarshilikda Ilon Maskning Twitter’ini qo‘llab-quvvatladi.
Yuqori martabali Tolibonga ko‘ra, Twitter ikkita muhim afzalliklarga ega. Birinchisi, so‘z erkinligi. Ikkinchisi, ijtimoiy tarmoqqa jamoatchilik xarakteri va ishonchi.
“Twitter Meta kabi murosasiz emas. Boshqa platformalar uning o‘rnini bosa olmaydi”, deb yozdi Haqqoniy tvitida.