Milliy tiklanish partiyasi saylovoldi dasturida marosimlarni tartibga solish taklifini ilgari surayotganini ta’kidlagan.
«Isrofgarchilikning oldini olish, har bir harakatning asl maqsadini anglab yetish kabi ishlarni targ‘ib qilish va odamlarga tushuntirish orqali sarf-xarajatlarni kelajak uchun ma’rifatga.
Farzandlarni to‘g‘ri tarbiya qilishga va ularning ilmiga pul tikishga, inson kapitaliga pul tikishga va bularni kelajak nuqtai-nazaridan foydali bo‘lishiga targ‘ib qilish orqali ularni dunyoqarashi va tafakkurini o‘zgartirishga erishmoqchimiz», — dedi Alisher Qodirov.
Uning aytishicha, bu taqiqlash va cheklash yo‘llaridan ko‘ra tushuntirish targ‘ib qilish orqali amalga oshiriladi.