Bugun 23 may, 2025 yil, juma

КИР

Tuxel "Tottenxem" bosh murabbiyi bo‘lishi mumkin

A A A
Tuxel "Tottenxem" bosh murabbiyi bo‘lishi mumkin

Italiyalik mutaxassis Antonio Konte jamoadan ketishga yaqin turibdi.

Antonio Konte tez orada "Tottenxem" bosh murabbiyligidan ketadi. "Shporlar" rahbariyati allaqachon italiyalikning o‘rnini bosa oladigan nomzodlar ro‘yxatini tuzib qo‘ygan, deb xabar berdi "The Guardian". Kontening chetlatilishi xalqaro tanaffus vaqtida sodir bo‘lgan taqdirda ham, yangi murabbiy 2023/2024 yilgi mavsumdan boshlab jamoani boshqaradi.

"Tottenxem" rahbariyatiga Lissabonning "Sporting" klubi amaldagi murabbiyi Ruben Amorim yoqadi. Biroq "shporlar" rahbariyati ro‘yxatida Vensan Kompani, Tomas Tuxel, Luis Enrike, Roberto De Dzerbi va Maurisio Pochettino ham bor.

Kiritildi: 23:37 23.03.2023. O'qildi: 2114 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!