Bugun 10 may, 2024 yil, juma

КИР

To‘rt yillik mojaro: Uzumni Rossiyaga yetkazib beraman deb, 350 ming dollarni «eb yuborgan» yunusobodlik qo‘lga olindi

To‘rt yillik mojaro: Uzumni Rossiyaga yetkazib beraman deb, 350 ming dollarni «eb yuborgan» yunusobodlik qo‘lga olindi

Toshkentda uzumni «Rossiyaga yetkazib beraman» deb, to‘rt yil avval 350 ming dollar pul olgan va va’dasini bajarmagan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, Yunusobodda yashovchi F.U. 2014 yil 26 yanvar kuni fuqaro R.I.ga 100 tonna uzumni Rossiyaning Novosibirsk shahriga yetkazib berishini va’da qilib, 350 ming dollar olgan.

Ammo bergan va’dasini bajarmay pullarni o‘z ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborgan. «Ko‘rilgan choralar natijasida F.U. ushlangan», — deyiladi IIV axborotida.

Manba: daryo. uz

Kiritildi: 18:56 18.08.2018. O'qildi: 1178 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!