To‘rt ulug‘ farishta va ularning vazifalari:
1. Jabroil, alayhissalom, farishtalarning eng ulug‘i.
Alloh taolodan payg‘ambarlarga vahiy keltirgan farishta.
2. Mikoil, alayhissalom, raxmatga, rizqqa ma’mur (vazifali) bo‘lgan farishtadir.
3. Isrofil, alayhissalom, foniy olam oxirlab, qiyomat
kelganida sur chaladilar.
4. Azroil, alayhissalom, jonlarni olishga vazifador
farishta.
Bular ulug‘ farishtalardir.
Boshqa farishtalar va ularning vazifasi:
Kiroman- Kotibin: Har kaysimizning o‘ng va chap yelkamizda har bir ish va so‘zimizni yozib boruvchi farishtalar kiroman kotibin farishtalaridir. Ular doim bizga hamrohdir. O‘ng yelkamizdagi farishta yaxshi amallarimizni
yozib boradi, chap yelkamizdagi farishta esa gunoh ishlarimizni yozib boradi. Oxirat kuni ushbu yozuvlar hisob- kitob paytida bizga taqdim etiladi.
Munkar va Nakir: Qabrda bizni so‘roq - savol qiladigan farishtalar.