Bugun 13 mart, 2025 yil, payshanba

КИР

Turmush o‘rtog‘i tomonidan kaltaklangan 23 yoshli ayol vafot etdi

Turmush o‘rtog‘i tomonidan kaltaklangan 23 yoshli ayol vafot etdi

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Oqqo‘rg‘on tumanida turmush o‘rtog‘ini kaltaklagan 37 yoshli erkak IIO tomonidan prosessual tartibda ushlangani, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani va ayol tibbiy muolaja olayotgani haqida xabar berilgan edi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yil 16 yanvar kuni Oqqo‘rg‘on tumanida 1988 yilda tug‘ilgan fuqaro (K.G.) va uning 2001 yilda tug‘ilgan turmush o‘rtog‘i (SH.U.) o‘rtasida oilaviy kelishmovchilik sababli janjal kelib chiqqan. Janjal vaqtida fuqaro ayolni urib, tan jarohati yetkazgan. Jabrlanuvchi Chinoz tumani tibbiyot bo‘limiga murojaat qilgan.

1988 yilda tug‘ilgan fuqaro (K.G.) prosessual tartibda ushlanib, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 126(1)-moddasi (Oilaviy maishiy zo‘ravonlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Afsuski, 23 yoshli ayol ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay bugun 24 yanvar kuni shifoxonada vafot etgan. Toshkent viloyati Ichki ishlar Bosh boshqarmasi marhumning yaqinlariga chuqur ta’ziya va hamdardlik bildirdi.

Shuningdek, mazkur holat jabrlanuvchining o‘limiga olib kelgani sababli qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi O‘zbekiston Respublikasi JKning 126(1)-moddasi 8-qismi “g” bandiga qayta malakalanib, tergov harakatlari davom etayotgani ma’lum qilindi.

Kiritildi: 18:18 25.01.2025. O'qildi: 1545 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!