Turkmanistondan yetkazib berilgan suyultirilgan gaz aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari orasida tarqatilishi boshlandi. Bu haqda «Hududgazta’minot» xabar berdi.
19 fevral kuni O‘zbekistonga temir yo‘l orqali suyultirilgan gaz yetib keldi. Turkmaniston O‘zbekistonga 2 ming tonna suyultirilgan gaz jo‘natgan. 1000 tonnasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, yana 1000 tonnasi Xorazm viloyati aholisi o‘rtasida taqsimlanishi rejalashtirilgan.
Fevral oyi boshida Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov «do‘stlik va birodarlik yordami» sifatida O‘zbekistonga suyultirilgan gaz berish to‘g‘risidagi farmoyishni imzolagan edi.