Bugun 13 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Turkmanistonda turmushga chiqmagan ayollarga haydovchilik guvohnomasi berish taqiqlandi

A A A
Turkmanistonda turmushga chiqmagan ayollarga haydovchilik guvohnomasi berish taqiqlandi

Turkmaniston Davlat yo‘l inspeksiyasi ayollarga avtomashina haydash huquqini berish uchun zarur hujjatlar ro‘yxatiga nikoh guvohnomasini ham kiritdi. Bu haqda “Turkman News” xabar berdi.

Nikoh to‘g‘risidagi guvohnomadan tashqari, ayollar oila tarkibi to‘g‘risida, tibbiy va ish joyidan ma’lumotnoma hamda pasport taqdim etishi shart. Ayollarga ishonchnoma orqali mashina haydashga ruxsat berilmaydi.

Yana bir norasmiy shart shuki, mashina haydamoqchi bo‘lgan ayol 40 yoshdan oshgan bo‘lishi va uning nomiga avtomashina rasmiylashtirilgan bo‘lishi kerak.

Kiritildi: 16:49 09.01.2023. O'qildi: 3383 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!