Bugun 10 may, 2024 yil, juma

КИР

Turkmanistonda oziq-ovqat taqchilligi kuchaymoqda

Turkmanistonda oziq-ovqat taqchilligi kuchaymoqda

Turkmanistonda oziq-ovqat taqchilligi boshlangani aytila tgan bir paytda mamlakat prezidenti Turkmanistonning bug‘doy eksport qiluvchi davlatga aylangani haqida ba not qildi. Oltin asr nashrining zishicha prezident Gurbanguli Berdimuhammedov 15 may kuni hukumat majlisida mamlakatda bug‘doydan rekord hosil olingani haqida gapirgan.

Berdimuhammedov shuningdek mamlakatda oziq-ovqat mo‘l-ko‘lchiligi uchun keng ko‘lamli choralar ko‘rilganini ham bildirgan.

Turkman prezidentining bu ba notlari bilan ayni paytda mamlakat bo‘ylab aholiga asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini kartochka tizimida tarqatish joriy etildi.

Oziq-ovqat taqchilligi ortidan bu mahsulotlar narxi keskin ko‘tarilib ketgan va hukumat non un o‘simlik g‘i va tuxumni jon boshiga qarab tarqatishga o‘tdi. Xabarlarga ko‘ra hukumat oila boshiga bir oyda 50 kilogramm un berish tartibini joriy qilgan.

Turkmaniston bozorlarida bir qop un narxi aytilishicha 60 dollar atrofida va bu hukumat do‘konlarida tarqatila tgan undan to‘rt baravar qimmatdir.

Manba: sof.uz

Kiritildi: 20:45 18.05.2019. O'qildi: 1989 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!