Taxminan 30-40 tonna hosil to‘planishi kutilmoqda.
Bu haqda Turkmaniston sanoatchilari va tadbirkorlari Uyushmasiga asoslanib "uza.uz" ma’lum qildi.
Turkmanistonning Mari viloyatidagi «Frexar» kompaniyasi 1 gektar hududni qamrab olgan issiqxonada banan yetishtirayotgani haqida ma’lum qilindi. Xabarlarga ko‘ra, issiqxonaga o‘tqazilgan ko‘chatlar Turkiyadan olib kelingan. Tadbirkorlar birinchi banan hosilini dekabr o‘rtalarida yig‘ib olishni rejalashtirmoqda. Taxminan 30-40 tonna hosil to‘planishi kutilmoqda.