Bugun 10 may, 2024 yil, juma

КИР

Turkmaniston Prezidenti yangi tug‘ilgan toychasiga atab she’r yozdi

Turkmaniston Prezidenti yangi tug‘ilgan toychasiga atab she’r yozdi

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Rovach (Ravnaq topayotgan) nomli she’r yozdi. Bu haqda turkmenportal.com xabar bergan.2019 yil 1 yanvarda tug‘ilgan toycha Turkmaniston yetakchisiga ilhom baxsh etgan.

She’r Turkmaniston IIV hay’atining Berdimuhamedovga sovg‘a qilgan saman toychasiga bag‘ishlangan. Qayd etish joizki, davlat rahbari toychoqni bejiz Rovach (Ravnaq topayotgan) deb nomlamagan. Turkmanistonda 2019 yil Turkmaniston ravnaq topayotgan Vatan yili, deb e’lon qilingan.

Ertasi kuni Berdimuhamedov Xalqaro Axaltekin ot majmuasiga tashrif buyurib, o‘z ish kabinetida ijodga vaqt ajratgan, natijada, ilhomlanib, ushbu she’rni ijod qiladi.

Avvalroq Turkmaniston prezidenti ingliz, nemis va turkman tillarida qo‘shiq kuylagani xaqida xabar bergandik.

Manba: uz24.uz

Kiritildi: 00:32 12.01.2019. O'qildi: 2273 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!