Bugun 20 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Putin bosh vazir lavozimiga kimni taklif qildi?

Putin bosh vazir lavozimiga kimni taklif qildi?

Rossiya parlamenti quyi palatasi Duma spikeri Vyacheslav Volodin mamlakat rahbari Vladimir Putin bosh vazir lavozimiga Mixail Mishustin nomzodini ilgari surganini ma’lum qildi.
Duma raisi Volodin o‘zining Telegram’dagi postida «Prezident Vladimir Vladimirovich Putin Mishustin Mixail Vladimirovich nomzodini Davlat Dumasiga bosh vazir lavozimiga taqdim etdi», deb yozdi.
Duma bugun bo‘lib o‘tadigan yalpi majlisida Mishustin nomzodini ma’qullashi kutilmoqda.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin rasman o‘zining beshinchi muddatini boshlaganidan so‘ng Mishustin boshchiligidagi Rossiya hukumati qonunga muvofiq iste’foga chiqdi. Mishustin hukumat vakolatlarini yangi saylangan Rossiya prezidentiga o‘tkazish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Hukumat iste’foga chiqqanidan keyin yangi hukumatni shakllantirish jarayoni rasman boshlandi.
Mamlakat qonunlariga ko‘ra, bosh vazir nomzodi parlamentning quyi palatasi – Dumada qabul qilinganidan keyin prezident tomonidan tegishli farmonni imzolash orqali lavozimga tayinlanadi. Yangi Bosh vazir yangi hukumat tarkibiga kiradiganlar ro‘yxatini lavozimga kirishganidan keyin kamida bir hafta o‘tgach Prezidentga taqdim etishi kerak.

Kiritildi: 16:38 10.05.2024. O'qildi: 2328 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!