U Janubiy Koreya Prezidenti va rafiqasi bilan suratga tushdi.
Turkmaniston Respublikasi Prezidenti Serdar Berdimuhammedovning turmush o‘rtog‘i Ogulgerek Berdimuhamedova ommaga ko‘rinish berdi.
Serdar Berdimuhammedov ayni paytda Turkmanistonda bo‘lib turgan Janubiy Koreya Prezidenti Yun Sok Yol va uning rafiqasiga alabay itlarini sovg‘a qilgan. Shundan so‘ng prezidentlar va ularning rafiqalari birgalikda suratga tushishgan.
Ogulgerek Berdimuhamedova shu paytgacha biron marta, saylovlarda, tadbirlarda va prezidentning xalqaro tashriflarida ham ko‘rinish bermagandi.
Uning qaynonasi, ya’ni Turkmanistonning Birinchi Prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedovning rafiqasi katta Ogulgerek Berdimuhamedova ham xuddi shunday kam ko‘rinish bergan. Uzoq yillar davomida omma uchun o‘z suratini e’lon qilishdan qochib kelgan birinchi xonimning surati ilk bor 2021 yilda e’lon qilingandi.