Bugun 9 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Turkiyaning Qora dengiz sohilida harbiy dron topildi

Turkiyaning Qora dengiz sohilida harbiy dron topildi

Turkiyaning Zonguldak viloyatidagi Qora dengiz sohilida harbiy maqsadda foydalanilgan deb taxmin qilingan uchuvchisiz uchish apparati (dron) topildi.

NTV telekanali xabar berishicha, hodisadan so‘ng hududda kuchaytirilgan xavfsizlik choralari ko‘rildi.

Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, Filyos qirg‘og‘ida dronni ko‘rgan fuqarolar bu haqda 112 raqami orqali favqulodda xizmatlarga xabar berishgan, shundan so‘ng jandarmeriya bo‘linmalari voqea joyiga yuborilgan.

Hozirda topilgan dronning texnik tekshiruvi olib borilmoqda.

Kiritildi: 10:15 05.07.2026. O'qildi: 951 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!