Bugun 19 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Turkiyadagi fabrikada portlash sodir bo‘ldi

Turkiyadagi fabrikada portlash sodir bo‘ldi

Turkiyaning Sakarya viloyatida joylashgan fabrikada portlash sodir bo‘ldi. Bosh konsulxona axborot xizmati jarohatlanganlar orasida o‘zbekistonliklar yo‘qligini ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, 15 sentyabr kuni Sakaryaning Hendek tumanida joylashgan Oba makaron fabrikasida texnogen avariya natijasida portlash sodir bo‘lib, yong‘in yuzaga kelgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlash yem siloslari joylashgan hududda boshlangan. Fabrikada ishlagan 27 nafar ishchi jarohatlanib, ulardan 6 nafarining ahvoli og‘ir.

Voqea yuzasidan Hendek tuman prokuraturasi tomonidan surishtiruv boshlangan. Mazkur fojiada jabrlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari aniqlanmagan.

Kiritildi: 09:25 16.09.2024. O'qildi: 545 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!