10 avgust kuni Agradan Izmirga ketayotgan avtobus ariqqa tushib, ag‘darilib ketdi.
Anqara-Usoq trassasida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa natijasida haydovchi va jarohatlangan 32 yo‘lovchi kasalxonaga yotqizildi, deb xabar beradi rudaw.net. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, jarohatlar qurbonlarning hayotiga tahdid solmaydi. Hodisa sabablari hozircha aniqlanmagan.