Turkiyaning Istanbul viloyatida xususiy uchish maktabiga tegishli o‘quv samolyoti halokatga uchradi.
Haber Global xabariga ko‘ra, voqea o‘quv parvozi paytida sodir bo‘lgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot qo‘nish paytida uchish-qo‘nish yo‘lagiga urilib ketgan, shundan so‘ng u boshqaruvni yo‘qotib, qulagan.
Samolyotni boshqarayotgan talaba yengil jarohatlar olgan. Tergov olib borilmoqda.