Bugun 20 sentyabr, 2024 yil, juma

КИР

Turkiyada siam egizaklari 14 soat operasiya qilindi va ajratib olindi

Turkiyada siam egizaklari 14 soat operasiya qilindi va ajratib olindi

Tanasining bosh qismi qo‘shilib ketgan pokistonlik bir yashar egizaklar Minal va Mirxa Britaniyaning yetakchi jarrohi tomonidan o‘tkazilgan 14 soatlik murakkab operasiya natijasida muvaffaqiyatli ajratib olindi.

Greyt Ormond-strit kasalxonasi professori Nur ul-Ovase Jilani Turkiyada qizchalar ustida murakkab jarrohlik amaliyotini o‘tkazish uchun ilk bor aralash reallik deb ataladigan 3D zamonaviy texnologiyalardan foydalandi.

Ikkala bemor hozirda shifoxonada davolanmoqda, keyingi oyda ular Pokistondagi uyiga qaytadi. Chaqaloqlar to‘liq sog‘ayib, normal hayot kechirishi kutilmoqda.

Anqara shahridagi Bilkent shifoxonasida 19 iyulda o‘tkazilgan jarrohlik amaliyotida mahalliy shifokorlar ham qatnashdi. Ushbu amaliyot ikki bosqichli jarrohlikni talab etib, uch oyda yakunlandi. So‘nggi jarrohlik bosqichi 14 soat davom etdi.

Pokistonlik qizlarni kraniopag-egizaklar deb atashadi, chunki ularning boshlari qo‘shilib ketgan. Ulardagi hayot uchun muhim bo‘lgan qon tomirlari va miya to‘qimalari umumiy edi, shu sababli ularni ajratish uchun o‘ta murakkab jarrohlik amaliyoti talab etildi.

Operasiyadan avval egizaklarning 3D modeli yaratilgan. Bundan maqsad Anqaradagi shifokorlarga operasiya xonasida kutilayotgan vaziyatni tasavvur qilishga ko‘maklashish, Britaniya jamoasiga esa operasiyaga tayyorgarlik ko‘rish va uni mashq qilish imkonini yaratish edi.

Kiritildi: 23:40 18.09.2024. O'qildi: 646 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!