Poyezdda sayohat qilish Turkiyani kashf qilishning en yaxshi usullaridan biridir. Oxirgi yillarda tarixiy poyezdlar bilan bir qatorda tez yurar poyezd yo‘llari juda ham ommalashdi. Poyezd sayohatlari tog‘ yon bag‘irlarini va Anatoliyaning tabiiy go‘zalliklarini ochib berishda muhim rol o‘ynaydi. Xo‘sh, nega aynan poyezd sayohatini tanlashimiz kerak?
Poyezdda sayohat qilar ekansiz, u sizga o‘rindig‘ingizdan turib bir paytda shaharlarni, tog‘larni va daryolarni ko‘rishingizga yordam beradi.
Poyezd yo‘li sayohatining havo yo‘llari va mashina sayohatlaridan yana bir afzallik tomoni sizni uzoq yo‘lda chuqur fikr yuritish, mulohaza qilish va zavq bilan mutolaa qilishga zamin yaratib berishidir.
Yangi ob’ektlarni ancha arzon narxlarda kashf qilasiz. Shuningdek, uchish, qo‘nish, xavfsizlik kamari taqish kabi muammolar yo‘q. Poyezd sayohatida poyezd zotan shahar markazigacha eltib qo‘yishi sababli, poyezddan tushgach markazgacha transport topish kabi masalalar bo‘lmaydi va poyezd yangi tanishlar orttirish va do‘stlashish uchun ham qulaydir.
So‘nggi yillarda yangi tez yurar poyezd yo‘llarini uzaytirish va ularni qishloqning chekka hududlariga ham yetkazish ishlari ko‘zda tutilgan.
Nizomjon Islomov tayyorladi.