Turkiyaning Amasya viloyatida 39 kishi oilaviy bayramdan keyin ovqatdan zaharlanish alomatlari bilan shifoxonaga murojaat qilgan.
Turkiya OAVlari xabar berishicha, hodisa Xojilar-Meydani tumanidagi uylardan birida sodir bo‘lgan. Tadbir ishtirokchilari ovqatlanishdan keyin o‘zlarini yomon his qilishgan.
Jabrlanganlarning ba’zilari qorin og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi va qayt qilish shikoyatlari bilan tez yordam brigadalari tomonidan Amasya kasalxonasiga olib ketilgan bo‘lsa, boshqalari esa o‘zlari tez yordam bo‘limiga borishgan.
Shifoxonaga yotqizilganlarning barchasining ahvoli qoniqarli deb baholanmoqda.