Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Turkiyada ikkita xalqaro aeroport faoliyati to‘xtatildi

Turkiyada ikkita xalqaro aeroport faoliyati to‘xtatildi

Turkiya janubidagi ikkita xalqaro aeroport 6 fevral kuni erta tongda ro‘y bergan kuchli zilzila tufayli parvozlarni amalga oshirmayapti.

Qayd etilishicha, Antakyadagi Xatay aeroporti hozirda yagona uchish-qo‘nish yo‘lagiga jiddiy zarar yetgani sababli yopiq.

Turkiyaning Gaziantep viloyatidagi shu nom bilan ataladigan aeroportda esa fuqaro aviasiyasi parvozlari to‘xtatildi.

Eslatib o‘tamiz, Turkiya va Suriyada sodir bo‘lgan zilzila natijasida ko‘plab binolar qulagan, qurbonlar va jarohatlanganlar bor. Zilzila shunchalik kuchli bo‘ldiki, silkinishni Livan, Iordaniya va Isroil aholisi his qildi.

Turkiyada 284 kishi halok bo‘ldi, kamida 2323 kishi yaralandi, deyiladi korrespondent.net saytida.

Kiritildi: 14:55 06.02.2023. O'qildi: 1511 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!