Bugun 17 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

Turkiyada bo‘lib o‘tayotgan saylov janjallarga sabab bo‘lmoqda

A A A
Turkiyada bo‘lib o‘tayotgan saylov janjallarga sabab bo‘lmoqda

Turkiyada bo‘lib o‘tayotgan saylov janjallarga sabab bo‘lmoqda

Ayni paytda Turkiyada bo‘lib o‘tayotgan munisipal saylovlar paytida odamlar orasida janjal sodir bo‘ldi va oqibatda ikki kishi vafot etdi. Bu haqda "Cumhuriyet" nashri xabar berdi.

Birinchi holatda Diyorbakir viloyati Sur tumanidagi Og‘ochlidara mahallasida sodir bo‘lgan. Munisipal saylovlar uchun ovoz berish vaqtida to‘polon boshlangan. Mushtlashuv chog‘ida tosh, tayoq va to‘pponcha ishlatilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida bir kishi – 44 yoshli Emin Chelik hayotdan ko‘z yumgan, 11 kishi jarohatlangan. Yaradorlar shahardagi shifoxonalarga yetkazilgan.

Malumotlarga ko‘ra, mushtlashuv vaqtida hududga yuborilgan tez yordam mashinalaridan ikkitasi otilgan toshlardan zarar ko‘rgan. Mudhish hodisaga nima sabab bo‘lgani hozircha noma’lum. Jandarm guruhlari hududda xavfsizlik choralarini davom ettirmoqda.

Kiritildi: 21:20 31.03.2024. O'qildi: 2025 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!