Hatay viloyatida zilziladan 68 soat o‘tib, 6 kishi, jumladan, 3 bola xarobalar ostidan chiqarildi.
Hatay-Kirikxonda qutqaruv ishlarini davom ettirayotgan “Chorum” milliy tibbiy qutqaruv jamoasi ularning vayronalar ostidan kelayotgan ovozini eshitib qolgan.
Qahramanmarashda esa ona va qizi ofatdan 37 soat o‘tib, qutqarilgan (video).