Turkiyada 15 yoshgacha bo‘lgan shaxslar uchun ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlovchi qonunchilik o‘zgarishlari Turkiya Buyuk Millat Majlisining tegishli qo‘mitasi tomonidan ma’qullangan.
TRT Haber xabar berishicha, o‘zgarishlar bo‘yicha parlament muhokamasi shu haftada bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Ta’kidlanishicha, yangi qoidalarga ko‘ra, ijtimoiy tarmoq platformalari 15 yoshgacha bo‘lgan shaxslarga xizmat ko‘rsata olmaydi.
15 yosh va undan katta, ammo voyaga yetmagan foydalanuvchilarga "maxsus xizmatlar" taqdim etiladi. Ushbu xizmatlarning tafsilotlari va xavfsizlik choralari haqidagi ma’lumotlar platformalarda joylashtiriladi.
Bundan tashqari, yangi qonun loyihasi ota-ona nazoratini majburiy qiladi.
Xabarlarga ko‘ra, ushbu taqiqni buzganlik uchun qattiq jazolar belgilangan.