Turkiya va Suriya maxfiy xizmatlari vakillari ikki tomonlama munosabatlarni normallashtirish hamda prezidentlar Rajab Toyyib Erdo‘g‘on va Bashar Asadning 2011 yildan beri ilk uchrashuvini tashkil etish bo‘yicha so‘nggi bir oy ichida uchta muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda "Turkiya" gazetasi manbasiga tayanib.
Dastlab Erdo‘g‘on va Asad o‘rtasidagi uchrashuv joyi sifatida Iroq muhokama qilingan edi, biroq Anqara Turkiya-Suriya chegarasidagi Kasab\Yayladagi nazorat punktida uchrashuv o‘tkazishni ma’qul ko‘rmoqda.
“Jarayon jadal rivojlanmoqda, har ikki yetakchi eng kechi avgust oyida birgalikda suratga tushishadi”, deyiladi xabarda.