Saudiya Arabistoni Mudofaa vazirligining katta delegasiyasi 3 kunlik ziyorat bilan Turkiyaga bordi.
Bu haqda Turkiya Mudofaa sanoati vazirligi ma’lum qildi, deb yozadi “Report”.
Turkiya Mudofaa sanoati vaziri Haluk Go‘rgun Saudiya Arabistoni mudofaa vaziri o‘rinbosari Xolid bin-Husayn al-Biyari, Harbiy havo kuchlari qo‘mondoni Turki bin Bandar al-Saud va hamrohligidagi delegasiya bilan uchrashuv o‘tkazgani ma’lum qilindi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar mudofaa sanoati kompaniyalari ishtirokida uch kun davom etadi.