Bugun 23 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Turkiya Tashqi ishlar vazirligi Pokistondagi teraktni qoraladi

Turkiya Tashqi ishlar vazirligi Pokistondagi teraktni qoraladi

Turkiya Tashqi ishlar vazirligi Pokistonning Xayber-Paxtunxva viloyatida avtomashinalar karvoniga uyushtirilgan hujum oqibatida 42 kishi halok bo‘lgan teraktni qoraladi. Tashqi ishlar vazirligi bayonotida halok bo‘lganlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirilgan va jarohatlanganlarning tezroq sog‘ayib ketishi tiladi.

Turk tomoni terrorizmga qarshi kurashda Pokistonni qo‘llab-quvvatlashda davom etishini ta’kidladi.

Fojia Parachinor shahridan Peshovarga shia musulmonlarini olib ketayotgan yo‘lovchi mikroavtobuslari hujumga uchraganida yuz berdi. Polisiya matbuot kotibi Azmat Alining aytishicha, karvon 200 ga yaqin mashinadan iborat.

Pokiston ichki ishlar vaziri Mohsin Naqvi voqeani «terror xuruji» deb atadi va Bosh vazir Shahboz Sharif aybdorlar jazolanishini aytdi.

Kiritildi: 20:32 22.11.2024. O'qildi: 273 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!