Turkiya tashqi ishlar vaziri Xoqon Fidan rossiyalik hamkasbi Sergey Lavrov bilan don kelishuvi va Ukraina mojarosini muhokama qildi.
Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vazirligiga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Lavrov va Fidan Ukrainadagi so‘nggi o‘zgarishlar va Istanbul g‘alla kelishuvi bilan bog‘liq vaziyatni muhokama qildi”, — deyiladi xabarda.