Bugun 29 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Turkiya, Ruminiya va Polsha tashqi ishlar vazirlari uchrashuv o‘tkazadi

Turkiya, Ruminiya va Polsha tashqi ishlar vazirlari uchrashuv o‘tkazadi

Turkiya, Ruminiya va Polsha davlatlari tashqi siyosat idoralari rahbarlari 26 iyun kuni Polshada to‘planishni rejalashtirgan. Mazkur uchrashuv Rossiya – Ukraina ziddiyati tufayli “mamlakatlarda keskin vaziyat yuzaga kelgani” asnosida tashkil etilmoqda, deya xabar tarqatdi “CNN Türk” telekanali tegishli manbalarga tayanib.

– Yigirma oltinchi iyunda vazir Fidan Polshaga jo‘nab ketadi, – deyilgan axborotda. – Mamlakatda keskin vaziyat yuzaga kelgan, xavotir darajasi ko‘tarilgan. Turkiya – Ruminiya – Polsha tashqi ishlar vazirlari ishtirokidagi uch tomonlama uchrashuvda Fidan ham qatnashadi.

Rossiya bilan chegaradosh bo‘lgani uchun, Ukraina masalasi nuqtai nazaridan, Polsha ayni payt “o‘ta muhim mamlakat” sifatida ko‘rilyapti.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqda Polsha Rossiyaning Ukrainadagi harakati faollashgani ortidan o‘z aviasiyasini havoga ko‘targani to‘g‘risida ma’lumot tarqalgan edi.

Kiritildi: 18:34 24.06.2024. O'qildi: 504 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!