Turkiya maxsus xizmatlari ISHID terrorchilik guruhi bilan aloqadorlikda gumonlanayotgan 51 kishini qo‘lga oldi.
Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vazvaziri Ali Yerliqoya ma’lum qildi.
"21 viloyatda to‘rt kun davomida o‘tkazilgan amaliyotlar doirasida 51 kishi ISHID terrorchilik tashkilotiga aloqadorlikda gumonlanib qo‘lga olindi", —deb yozdi vazir X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
Ma’lumot uchun, o‘tgan haftaning boshida Turkiya Ichki ishlar vazirligi ISHIDga aloqadorlikda gumonlangan 147 nafar shaxs qo‘lga olingani haqida xabar bergan. Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, bir yil davomida respublikada terrorchilik tashkilotining tarafdori deb gumonlangan 3 mingga yaqin kishi qo‘lga olingan.