Bugun 24 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Turkiya kompaniyasi Qashqadaryoda elektr stansiyasi qurilishiga 250 mln dollar sarmoya kiritadi

A A A
Turkiya kompaniyasi Qashqadaryoda elektr stansiyasi qurilishiga 250 mln dollar sarmoya kiritadi

Kecha, 9 noyabr kuni O‘zbekiston Investisiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov va AKSA Enerji boshqaruvi raisi Jemil Kazanchi o‘rtasida Investisiya shartnomasini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Hujjatga ko‘ra, AKSA Enerji davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida quvvati 400MVt gaz porshenli elektr stansiyasini qurish uchun 250 million dollar sarmoya kiritadi.

Qurilish ishlarining boshlanishi 2023 yilning dekabriga mo‘ljallangan, 2024 yil oxirida elektr stansiyasi ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Turkiya kompaniyasining tashrifi doirasida “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va AKSA Enerji o‘rtasida elektr energiyasini sotib olish shartnomasi ham imzolandi va bu bilan O‘zbekiston tomoni turkiyalik investordan 25 yilga kafolatlangan elektr energiyasini sotib olishni amalga oshiradi.

Ma’lumot uchun, AKSA Enerji 1960 yilda tashkil etilgan Kazanci Holding tarkibiga kiradi. Xolding nafaqat energetika sohasida loyihalarni ishlab chiqadi, balki qishloq xo‘jaligi va turizmda ham. Shuningdek, kompaniya qator mamlakatlarda: Turkiya, Gana, Madagaskar, Mali, Kongo va O‘zbekistonda elektr stansiyalarini qurmoqda.

Kiritildi: 08:35 10.11.2023. O'qildi: 864 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!