Bugun 21 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Turkiya kemalarga qo‘na oladigan dron taqdim etmoqda

A A A
Turkiya kemalarga qo‘na oladigan dron taqdim etmoqda

Turkiya aprel oyining so‘nggi kunlarida dunyoda birinchi bo‘lib kemalarda qisqa uchish-qo‘nish yo‘lagiga kelib qo‘nadigan va osmonga parvoz qila oladigan ilk uchuvchisiz o‘zi uchar qurilmasini namoyish qiladi, deb yozmoqda Anadolu agentligi.

"Turkiyaning Baykar kompaniyasi 27 apreldan 1 maygacha bo‘lib o‘tadigan aviasiya va kosmik texnologiyalar festivali – TEKNOFEST – 2023 ko‘rgazmasida ilk bor Bayraktar TB3 zarbdor dronini namoyish qiladi.

Xabarda keltirilishicha, mazkur festival Istanbuldagi Otaturk aeroportida tashkil etilmoqda. “TB3 SİHA zarbdor droni joriy yilda sinov parvozlarini boshlaydi”, – deyiladi agentlik tarqatgan xabarda.

"Qanotlari buklanadigan Bayraktar TB3 kemalarga qo‘nib, ucha oladigan dunyodagi ilk qurollangan uchuvchisiz o‘zi uchar apparat bo‘ladi. U Turkiya harbiy dengiz kuchlari flagmani hisoblangan TCG Anadolu kemasida ham uchish-qo‘nish amaliyotini bajara oladi. Bayraktar TB3 harakatini juda uzoq masofadan razvedka-kuzatuv olib borish va zarba berish maqsadida boshqarish mumkin. Bayraktar TB3 droni Turkiyaning harbiy salohiyatini mustahkamlashga o‘zining muhim hissasini qo‘shadi”, – deyiladi xabarda.

Kiritildi: 07:30 29.03.2023. O'qildi: 1755 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!