Bugun 18 sentyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Turkiya Iroqdan qo‘shinlar olib chiqilishi haqidagi mish-mishlarni rad etdi

Turkiya Iroqdan qo‘shinlar olib chiqilishi haqidagi mish-mishlarni rad etdi

Turkiya prezidenti huzuridagi dezinformasiyaga qarshi kurash markazi Iroq bilan imzolangan kelishuv turk harbiy kuchlarini Iroq hududidan olib chiqib ketishni nazarda tutayotgani haqidagi ma’lumotni rad etdi. Bayonotda ta’kidlanishicha, harbiy muvofiqlashtirish va terrorizmga qarshi kurash masalalariga bag‘ishlangan hujjatda bunday band yo‘q.

Kelishuvga ko‘ra Turkiya va Iroq Bag‘dod va Bashiqada xavfsizlik va qo‘shma mashg‘ulotlarni muvofiqlashtirish uchun mushtarak markazlar tashkil etadi. Bu markazlarning faoliyati terrorchilik tashkilotlari tomonidan kelayotgan tahdidlarni bartaraf etish, mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan bo‘ladi.

Bayonotda Turkiyaning ham mamlakat ichkarisida va xorijda terrorizmga qarshi qat’iyatli kurash olib borayotgani ta’kidlandi. Turkiya prezidenti huzuridagi dezinformasiyaga qarshi kurash markazi fuqarolarni norasmiy manbalardan olingan tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ishonmaslikka chaqirdi.

Kiritildi: 21:51 22.08.2024. O'qildi: 641 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!